Xalqaro hamkorlik

Fan va texnologiyalar agentligining xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik doirasida olib borayotgan faoliyati haqida ma’lumot

Fan va texnologiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ko‘rsatilgan fan va texnika sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarning tegishli bandlarini o‘z vaqtda to‘lig‘icha amalga oshirish uchun zarur ishlarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Amerika qo‘shma shtatlari bilan ilmiy texnik xamkorlik doirasida Yo‘l xaritasi ishlab chiqildi va xozirgi vaqtda Yo‘l xaritasi AQSh davlat departamentida ko‘rib chiqilmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi

O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi ilmiy hamjamiyati o‘rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risida 2012 yilning 11 dekabrda Memorandum imzolangan. Ushbu Memorandum doirasida Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi va Xitoy Xalq Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligi xamkorligida Kichik Qo‘mita tashkil qilingan. Kichik Qo‘mitaning asosiy vazifalari ilmiy xamkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni muxokama qilish, aniq ish rejalari ishlab chiqish va xalqaro loyixalar tanlovini tashkil qilishdan iborat. Kichik Qo‘mitaning 2014 yilning 17 iyulidagi ikkinchi yig‘ilishi Bayonnomasining qoidalarini amalga oshirish maqsadida, “O‘zbekiston-XXR 2015” ilmiy–tadqiqot ilmiy tadqiqotlar dasturi doirasida 2016 yilning 1 aprelidan qo‘shma loyihalar bajarilishi boshlandi.

Ushbu tanlovi doirasida 10 ta ilmiy loyiha bo‘yicha ishlar bajarilishi boshlandi. Loyihalarni moliyalashtirishning joriy yilga ajratilgan summasi 1 024,992 mln. so‘m (O‘zbekiston ijrochi tashkilotlariga) va 500 ming AQSh dollari (Xitoy ijrochi tashkilotlariga) tashkil etadi. Bundan tashqari, Xitoy tomoni qo‘shimcha yana 5 loyixani moyilashtirishini ma’lum qildi va ushbu loyixalarga 500 ming AQSh dollari ajratdi.

Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan taklif qilingan “Yagona bog‘ -yagona yo‘l” (Odin poyas-odin put) xalqaro ilmiy texnik xamkorligi doirasida Fan va texnologiyalar agentligi va Xitoy Xalq Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligi o‘rtasidagi ilmiy markazlar, laboratoriyalar va texnoparklar tashkil qilish (2017 yil 18 aprel №05/13864 Protokol) rejalashtirilgan. Ushbu xamkorlik natijasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi institutlari qoshida 6 ta laboratoriya tashkil qilinadi va bu laboratoriyalar innovatsion platforma bazasi bo‘lib xizmat qiladi.

Turkiya

Xozirgi kunda Turkiya ilmiy-texnologik tadqiqodlar agentligi (TUBITAK) va O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi o‘rtasida ilmiy texnik xamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Memorandum loyixasi tayyorlanib, tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda muxokama qilindi. Ushbu Memorandum doirasida tomonlar xar 2 yilda Turkiya va O‘zbekiston olimlari xamkorligida bajariladigan loyixalar tanlovini e’lon qiladi. Bundan tashqari tomonlar xar yili olimlar va ekspertlar almashinuvi, konferensiya va simpoziumlar tashkil qilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari Turkiya xalqaro aloqalarni muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) bilan xamkorlik doirasida Samarqand shaxrida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazini tashkil qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilayapti.

Turkmaniston

Turmaniston davlati va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida imzolangan ilmiy texnik xamkorlik doirasida ish rejasi ishlab chiqildi va ushbu rejaga muvofiq 2018 yilda qo‘shma loyixalar konkursi e’lon qilish kelishildi.

Rossiya Federativ Respublikasi

2017 yil 1 iyunda O‘zbekiston respublikasi fan va texnologiyalar agentligi “O‘zbekiston-Rossiya 2017” qo‘shma o‘zbek-rus Ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovini e’lon qilindi. Tanlovga loyixalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilindi:

  • matematika va mexanika sohasidagi tadqiqotlar;
  • yuqori haroratli plazma fizikasi, boshqariladigan termoyadroli sintez va yadro fizikasi;
  • quyosh energetikasi uchun yarim o‘tkazgichli materialshunoslik sohasidagi va materialshunoslik masalalarini yechish va kvant elektronikasi uchun konsentrlangan quyosh nurlanishidan foydalanish sohasidagi tadqiqotlar;
  • koordinatsion va supramolekulyar kimyo sohasidagi tadqiqotlar;
  • o‘g‘it va o‘stirish stimulyatorini olish kimyoviy texnologiyalar negizini ishlab chiqish;
  • biomeditsina sohasidagi tadqiqotlar: onkologik kasalliklar, genomika va dori vositalarni olishdagi yangi texnologiyalar;
  • geofizika sohasidagi tadqiqotlar: yer po‘stlog‘ining jiddiylashgan-deformatsiyalangan holatining monitoringi, qurg‘oqchilik muammolari;
  • tarixiy-madaniy ob’ektlarning ilmiy restavratsiyasi.