Bo'limlar
Texnologiyalar transferini tashkil qilish va innovatsiya yarmarkalarini o'tkazish bo'limi

Bo'lim boshlig'i: F.Rahimov, Tel.: 233-25-65, E-mail: f.rakhimov@uzscience.uz

Vazifalari:

  • Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda respublikada texnologiyalar transferini tashkil kilish, innovatsion yarmarkalarini utkazish va bu soxalarda ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
  • tasarrufida ilmiy-tadqiqot, ta’lim muassasalari va tajriba-konstruktorlik tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralarda, xorijiy va xalkaro sanoat va intellektual mulkni ximoya kiluvchi yeki ularni yaratish va kommersiaviy foydalanishda kizikish kursatuvchi infrastrukturalar bilan xamkorlik kilish;
  • tegishli dasturlarini shakllantirish, moliyalashtirish, amalga oshirish va monitoring olib borish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
  • Bo‘lim vakolatiga kuyidagi intellektual mulk ob’ektlari: ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, firma nomlari, EXM dasturlari, ma’lumotlar bazasi, integral mikrosxemalarni topologiyalari, nou-xau (ishlab chikarish sirlari), seleksion yutiklar xamda fan, adabiyot va sanat asarlarini yaratish, xukukiy ximoyalash va foydalanish bilan bog‘lik faoliyatlarni va ularning natijalarini amaliyotga qo‘llash bo‘yicha samarali monitoringni yo‘lga qo‘yish kiradi.

Funksiyalari:

  1. Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda respublikada texnologiya transferi va innovatsion yarmarkalar dasturlarini, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish sohasida:
    1. texnologiyalar transferini va innovatsion yarmarkalarni utkazishni zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini muntazam ravishda o‘rganib borish va tegishli tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;
    2. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar bilan birgalikda jahon fani va texnikasi nuqtai nazaridan respublika ilmiy-texnik salohiyatining rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash va holatini tizimli tahlil qilish, monitoring o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda ishtirok etish;
    3. fan va texnologiyalarning respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini hal qilishga yo‘naltirilgan ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishda ishtirok etish.
  2. tasarrufida ilmiy-tadqiqot, ta’lim muassasalari va tajriba-konstruktorlik tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralarda texnologiya transferi va innovatsion yarmarkalar dasturlarini shakllantirish, moliyalashtirish, amalga oshirish va monitoring olib borish tartibini belgilovchi normativ- huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish sohasida:
  3. respublikada texnologiya transferi va innvatsion yarmkalarga bog‘liq jarayonlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan har tomonlama tanishib borish.

  4. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tekshirish institutlari va muassasalari, loyihalash-konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalarining texnologiya transferi va innovatsion yarmarkalar dasturlarini amalga oshirish, ularning natijalarini amaliyotga qo‘llash bo‘yicha samarali monitoringni yo‘lga qo‘yish sohasida:
    1. texnologiya transferini va innovatsion yarmarkalarni tashkil etish va o‘tkazish hamda davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish;
    2. texnologiya transferi va innovatsion yarmakalar bo‘yicha ijrochi tashkilotlarning oraliq va yakuniy ilmiy-texnik hisobotlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish va saqlash, shuningdek tahlil qilish va ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qilish;
    3. texnologiya transferi va innovatsion yarmarkalar bo‘yicha ilmiy-texnika dasturlari va loyihalari, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalaridan ta’lim, ishlab chiqarish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalanish bo‘yicha samarali monitoring tashkil etish;
    4. texnologiya transferiga oid seminar, konferensiya va yarmarkalar o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritish.

    Bo‘lim va uning xodimlariga Bosh direktor buyrug‘i asosoida boshqa vazifalar yuklatilishi mumkun.


Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo'limi

Bo'lim boshlig'i: Sh.Mamatqulov, Tel.: 233-24-29 , E-mail: sh.mamatkulov@uzscience.uz

Vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi xalqaro bitimlarining ilmiy-texnik hamkorlikka oid qismlarini bajarish;
  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyalar va kichik komissiyalarning faoliyatini ta’minlash;
  • respublika vazirlik va idoralarining xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish;
  • mamlakat ilmiy sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish;
  • xorijiy ilmiy markazlarda mutaxassislarni tayyorlash va ularning stajirovkalarini tashkil etishga ko‘maklashish;
  • ilmiy tekshirish institutlari, oliy o‘quv yurtlari va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqadi va ilmiy-texnikaviy grantlarga xulosalar berish;
  • xalqaro ikki tomonlama ilmiy-texnik loyihalar tanlovini shakllantirish va amalga oshirish.

Funksiyalari:

  1. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro bitimlarining ilmiy-texnik hamkorlikka oid qismlarini bajarish vazifasini bajarish maqsadida:
    1. O‘zbekiston Respublikasining ilmiy-texnik hamkorlik sohasidagi xalqaro bitimlarining bajarilishi bo‘yicha doimiy ishlarni tashkil etadi va olib boradi;
    2. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-texnik hamkorlik sohasidagi xalqaro bitimlarining loyihasini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va taqdim etadi;
    3. o‘rnatilgan tartibda respublikaning xalqaro ilmiy tashkilotlar, uyushmalar, dasturlar va jamg‘armalar va hamjamiyatlardagi vakilligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi.
  2. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish vazifasini bajarish maqsadida:
    1. xalqaro ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish, bajarilishini boshqarish va nazorat qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
    2. xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash uchun takliflar tayyorlaydi.
  3. ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyalar va kichik komissiyalarning faoliyatini ta’minlash vazifasini bajarish maqsadida:
    1. hukumatlararo qo‘shma komissiyalarga ilmiy-texnikaviy masalalar yuzasidan takliflar beradi;
    2. kichik komissiyalarning faoliyatini ta’minlash maqsadida xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib boradi va ularni tashkiliy ishlarini olib boradi.
  4. respublika vazirlik va idoralarining xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish vazifasini bajarish maqsadida:
    1. fan va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlik dasturlarini shakllantirish borasida vazirlik va idoralar bilan birgalikda kelishtiradi;
    2. vazirlik va idoralarning xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtiradi.
  5. mamlakat ilmiy sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish vazifasini bajarish maqsadida:
    1. O‘zbekiston fani va texnikasi sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
    2. Agentlikda xorijiy tashkilotlar vakillarining qabulini tashkil etadi va muzokaralar olib boradi.
  6. xorijiy ilmiy markazlarda mutaxassislarni tayyorlash va ularning stajirovkalarini tashkil etishga ko‘maklashish vazifasini bajarish maqsadida:
    1. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik doirasida mutaxassislar tayyorlash va mutaxassislar bilan almashinish rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
    2. xorijiy ilmiy markazlarda mutaxassislarni tayyorlash va ularning stajirovkalari haqidagi e’lonlarni Agentlikning veb-saytiga joylashtiradi.
  7. ilmiy tekshirish institutlari, oliy o‘quv yurtlari va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqadi va ilmiy-texnikaviy grantlarga xulosalar berishni ta’minlash maqsadida:
    1. 1998 yilning 19 yanvar 31-sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar grantlari bo‘yicha ilmiy dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179-moddasining 18-bandiga muvofiq xalqaro ilmiy-texnikaviy grantlarga soliqlardan ozod etish yuzasidan xulosalar beradi.
  8. xalqaro ikki tomonlama ilmiy-texnik loyihalar tanlovini shakllantirish va amalga oshirish maqsadida:
    1. chet ellik hamkorlar bilan tanlovni tashkillashtirish va amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib boradi;
    2. tanlovni tashkillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha hujjatni vazirlik va idoralar bilan kelishtiradi;
    3. xalqaro hamkorlik tanlovini e’lon qiladi, tanlovga oid barcha masalalarni hal qiladi va xalqaro ikki tomonlama ilmiy-texnik loyihalarni muvofiqlashtiradi.

Oliy ta'limdan keyingi ta'lim faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi

Bo'lim boshlig'i: Sh.Sodiqova, Tel.: 233-54-15 , E-mail: sh.sodikova@uzscience.uz

Vazifalari:

  • oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha respublikaning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga qabul qilishning har yilgi rejasini tuzish va tasdiqlash;
  • oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sohasida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan monitoring olib borish va tadbirlarni amalga oshirish.

Funksiyalari:

  1. oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha respublikaning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘nalishida:
    1. oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar faoliyatini muvofiqlashtirishda Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar bilan aloqa o‘rnatish;
    2. respublikaning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga yo‘naltirilgan talablardan kelib chiqqan holda tashkil qilish;
    3. tasarrufida oliy ta’lim (OTM) va ilmiy tadqiqot (ITM) muassasalarining oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish.
  2. oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga qabul qilishning har yilgi rejasini tuzish va tasdiqlash yo‘nalishida:
    1. tasarrufida OTM yoki ITM bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan har yili 15 maygacha bo‘lgan muddatda Agentlikka yuqori malakali ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar, amaldagi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarining samaradorligi, ta’lim olayotgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar kontingenti, ilmiy rahbarlar va konsultantlarning samarali ishlari, shuningdek, bitta ilmiy rahbar va bitta ilmiy konsultantga biriktiriladigan doktorantlar sonidan kelib chiqib, keyingi yildan boshlab tayanch doktoranturada va doktoranturada O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjet mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun qabul kvotasi (keyingi o‘rinlarda qabul kvotasi) bo‘yicha asoslangan takliflarni taqdim etish;
    2. vazirliklar, idoralar va tashkilotlar kesimida qabul kvotasi Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash va har yili 1 iyundan kechikmasdan tegishli ravishda o‘z tasarrufida OTM yoki ITM bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuborish;
    3. Agentlik tasdiqlangan qabul kvotasi asosida har yili 15 iyungacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga keyingi yilga byudjet buyurtmanomasini taqdim etish;
    4. tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan har yili 15 dekabrgacha bo‘lgan muddatda tayanch doktorantlar va doktorantlarni o‘qishga qabul qilish, ularning tasdiqlangan mavzulari, ilmiy rahbarlari va ilmiy konsultantlari to‘g‘risidagi ma’lumotni Agentlikka taqdim etilishini ta’minlash;
    5. har yili tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qishga qabul qilinganlar, mustaqil izlanuvchilar, ularning tasdiqlangan mavzulari, ilmiy rahbarlari va ilmiy konsultantlari to‘g‘risida Agentlikning ma’lumotlar bazasiga kiritish.
  3. oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sohasida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan monitoring olib borish va tadbirlarni amalga oshirish yo‘nalishida:
    1. tasarrufida OTM va ITM mavjud vazirliklar, idoralar va tashkilotlar Fan va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda OTM va ITMdagi izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi bo‘yicha monitoring olib borish;
    2. tayanch doktorantura va doktoranturada ilmiy rahbar va konsultantlarning biriktirilishini muvofiqlashtirish;
    3. dissertatsiyani o‘z vaqtida himoya qilgan tadqiqotchilar va ularning ilmiy rahbar va konsultantlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
    4. dissertatsiyani o‘z vaqtida himoya qilmagan tadqiqotchilar, ularning ilmiy rahbar va konsultantlariga nisbatan ko‘rilgan choralar monitoringini olib borish;
    5. Agentlikning veb-saytida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim faoliyatiga doir yangiliklarni yoritib borishni ta’minlash.
    6. Agentlik rahbariyatiga oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim faoliyatiga doir seminar, konferensiyalar o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritish.

AКT bo'limi

Bo'lim boshlig'i: X.Butanov, Tel.: 236-73-29, E-mail: ict@uzscience.uz

Vazifalari:

  • Agentlikda zamonaviy axborot texnologiyalaridan, dasturiy maxsulotlardan va ma’lumotlarni qayta ishlovchi apparat vositalaridan, aloqa va ma’lumotlar uzatish vositalaridan foydalanish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, ularni rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash va raxbariyatga taqdim etish;
  • Agentlik faoliyati yo‘nalishlarida statistik, taxliliy va boshqa ma’lumotlar banklarini yaratish. Agentlikning veb-resurslarini ma’lumotlar bilan to‘ldirish, tuzilmasini, tarkibini va interaktiv xizmatlarini rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakolati doirasidagi axborot resurslari, ma’lumotlar bazalari, axborot tizimlari va interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarining Agentlik miqyosidagi ijrosini ta’minlash.

Funksiyalari:

  1. Agentlikda zamonaviy axborot texnologiyalaridan, dasturiy maxsulotlardan va ma’lumotlarni qayta ishlovchi apparat vositalaridan, aloqa va ma’lumotlar uzatish vositalaridan foydalanish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida:
    1. Agentlikda boshqaruv jarayonini kompyuterlashtirish tizimini ishga tushirish;
    2. axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha mas’ul xodimlarni buyruq asosida tayinlash hamda zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash;
    3. internet tarmog‘iga ulanish, ichki lokal tarmoqni ishga tushirish, veb-saytni tashkil etish, yagona himoyalangan elektron pochta va elektron xujjat aylanishi tizimini joriy etish xamda ulardan foydalanish buyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
    4. Agentlikda kompyuter texnikasi, lokal, korporativ va internet tarmoqlaridan foydalanish Tartibini ishlab chiqish, Agentlik xodimlarining mazkur tartib talablariga qat’iy rioya etishlarini nazorat qilish va o‘z ish faoliyatidan tashqari boshqa ishlar bilan shug‘ullangan, internet tarmog‘idan taalluqli bo‘lmagan ma’lumotlarni, jumladan, (kino, musiqa, video ko‘rinishidagi va kompyuter ish unumini pasaytiradigan dasturlar) ko‘chirish va tomosha qilishni ta’qiqlash “Tartib” talablariga qat’iyan rioya qilmagan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish to‘g‘risida raxbariyatga taklif kiritish.
  2. Agentlik faoliyati yo‘nalishlarida statistik, taxliliy va boshqa ma’lumotlar banklarini yaratish va interaktiv xizmatlarini rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishni tashkil etish sohasida:
    1. ilmiy –texnika davlat dasturlari doirasida o‘tkaziladigan konkurslarga kelib tushadigan loyihalarni onlayn qabul qilish tizimini ishga tushirish;
    2. Agentlikning veb-resurslarini ma’lumotlar bilan to‘ldirish;
    3. ma’lumotlar bazasi va veb-resurslari tuzilmasini, tarkibini o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  3. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakolati doirasidagi axborot resurslari, ma’lumotlar bazalari, axborot tizimlari va interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarining Agentlik miqyosidagi ijrosini ta’minlash sohasida:
    1. bo‘lim faoliyatiga ta’lluqli normativ–huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
    2. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha tizimlarni joriy etish va rivojlantirish va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha Agentlik biznes-rejasi va xarajatlar smetalarida alohida bandlar ko‘rsatish yuzasidan takliflar, ish-rejalar, chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish;
    3. Agentlikning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqish, kelishish uchun Elektron xukumat bo‘linmasiga yuborish va Agentlik raxbariga tasdiqlash uchun taqdim etish;
    4. Agentlikning korporativ tarmog‘ini, axborot – kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiya tarmog‘i, dasturiy-apparat vositalari, ma’lumotlar almashish va saqlash vositalarini yaratish bo‘yicha loyixalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Texnika fanlari bo'yicha dasturlar va loyihalarni tahlil qilish, shakllantirish va muvofiqlashtirish bo'limi

Bo'lim boshlig'i: Ya.Xodjaev, Tel.: 233-69-61, E-mail: ya.khodjaev@uzscience.uz

Vazifalari:

  • Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tekshirish institutlari va muassasalari, loyihalash-konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalarining texnika fanlari bo‘yicha fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika dasturlari va loyihalarini tanlovlar asosida shakllantirish va tasdiqlanishi uchun Agentlik rahbariyatiga taqdim etish;
  • Vazirlik va idoralarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda texnika fanlari bo‘yicha fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari natijalaridan foydalanishning tizimli monitoringini olib borish;
  • Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘likni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning texnika fanlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida mamlakatda ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishini ta’minlashga, raqobatbardosh ilmiy-hajmdor maxalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ilg‘or ilmiy tadqiqotlar va izlanish ishlarini olib borish uchun zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda texnika fanlariga oid ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan zamonaviy ilmiy va texnologik asbob-uskunalarda ishlashni o‘rganishlari uchun tashkil etiladigan qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari loyihalarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan yosh olimlarni yuborish bo‘yicha tavsiyalar berish;
  • Texnika fanlari bo‘yicha fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari loyihalari ijrochi tashkilotlarining oraliq va yakuniy ilmiy-texnik hisobotlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish va saqlash, shuningdek tahlil qilish va ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qilish va boshqa o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajaradi.

Funksiyalari:

  1. Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning vazifalari va zamonaviy fan yutuqlarini hisobga olgan holda respublikada texnika fanlari yo‘nalishi bo‘yicha fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish va tasdiqlanishi uchun Agentlik rahbariyatiga taqdim etish va uni amalga oshirish tadbirlarini bajarish sohasida:
    1. fan va texnologiyalarning texnika fanlari bo‘yicha respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini hal qilishga yo‘naltirilgan ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishda ishtirok etadi;
    2. shakllantirilgan ustuvor yo‘nalishlarni fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasida tasdiqlanishi uchun Agentlik rahbariyatiga taqdim etadi;
    3. texnika fanlari yo‘nalishida tasdiqlangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari dasturlarini bajarilishini ta’minlaydi.
  2. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tekshirish institutlari va muassasalari, loyihalash-konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalarining texnika fanlari bo‘yicha fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika dasturlari va loyihalarini tanlovlar asosida shakllantirish va tasdiqlanishi uchun Agentlik rahbariyatiga taqdim etish sohasida:
    1. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot institutlari va muassasalari, loyihalash-konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari va iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining takliflari asosida ilmiy-texnika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengash va uning qoshida ekspert guruhlari tarkibini shakllantiradi va tasdiqlanishi uchun Agentlik rahbariyatiga topshiradi;
    2. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tekshirish institutlari va muassasalari, loyihalash-konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalarining texnika fanlari yo‘nalishidagi loyihalari asosida fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shaklantirish uchun tanlov o‘tkazadi;
    3. texnika fanlari bo‘yicha innovatsiya loyihalari tanloviga taklif etilgan iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat xududlarining ilmiy-texnik muammolari ro‘yxatini ularning takliflar asosida shakllantiradi;
    4. davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida muhim tarmoqlararo va fanlararo xarakterdagi ishlab chiqarishning yirik muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnik loyihalarini tanlovda ishtirok etishini ta’minlaydi;
    5. tanlov natijalari bo‘yicha shakllantirilgan ilmiy-tadqiqot loyihalar ro‘yxatini fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasida tasdiqlanishi uchun Agentlik rahbariyatiga topshiradi.
  3. Vazirlik va idoralarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda texnika fanlari bo‘yicha fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari natijalaridan foydalanishning tizimli monitoringini olib borish sohasida:
    1. oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida texnika fanlari bo‘yicha olib borilayotgan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari loyihalari monitoringini o‘tkazish uchun salohiyatli olim va mutaxassislardan iborat monitoring guruhini shakllantiradi;
    2. monitoring o‘tkazish rejasini ishlab chiqib tasdiqlash uchun Agentlik rhbariyatiga topshiradi;
    3. tasdiqlangan reja asosida monitoring guruhi ishini tashkil etadi.
  4. Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘likni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning texnika fanlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida mamlakatda ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishini ta’minlashga, raqobatbardosh ilmiy-hajmdor maxalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ilg‘or ilmiy tadqiqotlar va izlanish ishlarini olib borish uchun zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish sohasida:
    1. ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida texnika fanlari yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan yuqori salohiyatli olimlar ilmiy maktablari negizida ilmiy laboratoriyalar tashkil etish istiqbollarini o‘rganadi;
    2. o‘rganish natijalari bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
  5. Yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda texnika fanlariga oid ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan zamonaviy ilmiy va texnologik asbob-uskunalarda ishlashni o‘rganishlari uchun tashkil etiladigan qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari loyihalarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan yosh olimlarni yuborish bo‘yicha tavsiyalar berish sohasida:
    1. Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida texnika fanlari yo‘nalishida fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari loyihalarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan istiqbolli yosh olimlarni aniqlaydi;
    2. ularni yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda texnika fanlariga oid ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan zamonaviy ilmiy va texnologik asbob-uskunalarda ishlashni o‘rganishlari uchun tashkil etiladigan qisqa muddatli ilmiy stajirovkalar yuborilishi uchun tavsiya etadi.
  6. Texnika fanlari bo‘yicha davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk ob’ektlarini chet elda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asoslangan ekspert xulosalarini tayyorlashni amalga oshirish sohasida:
    1. texnika fanlari bo‘yicha davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk ob’ektlarini chet elda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ilmiy-tadqiqot, oliy ta’lim muassasalari tomonidan yuborilgan arizalarni tegishli ekspertlarni jalb qilgan holda ko‘rib chiqadi;
    2. tegishli ekspert xulosasi asosida intellektual mulk ob’ektini chet elda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tavsiya beradi.
  7. Har yili o‘tkaziladigan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasiga texnika fanlari bo‘yicha ishtirok etadigan ishlanmalar bo‘yicha tavsiyalar berish sohasida:
    1. texnika fanlari bo‘yicha fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlanmalari loyihalari doirasida olingan natijalarni tahlil qilib har yili o‘tkaziladigan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida ishtirok etadigan ishlanmalarni aniqlaydi;
    2. Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida ishtirok etishga tavsiya etilgan ishlanmalar ro‘yxatini tegishli vazirlik va idoralarga o‘rnatilgan tartibda shakllantirilishi uchun yuboradi.
  8. Har chorakda mavzular bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlanmalarining bajarilishi to‘g‘risida hisobotlar va faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha axborot-tahliliy ma’lumotnomalar tayyorlash sohasida:
    1. har chorak yakuni bo‘yicha texnika fanlari yo‘nalishida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan mavzular bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli ijrochi tashkilotlardan olinadi;
    2. olingan ma’lumotlar asosida mavzular va faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha axborot-tahliliy ma’lumotnomalar tayyorlaydi.
  9. Texnika fanlari bo‘yicha fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari loyihalari ijrochi tashkilotlarining oraliq va yakuniy ilmiy-texnik hisobotlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish va saqlash, shuningdek tahlil qilish va ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qilish sohasida:
    1. texnika fanlari bo‘yicha fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari loyihalari bo‘yicha ijrochi tashkilotlarning oraliq bosqich va yakuniy ilmiy-texnik hisobotlarini qabul qiladi;
    2. tavsiya etilgan ekspertlarni jalb qilgan holda ularni tahlil va ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlaydi.

Qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha dasturlar va loyihalarni tahlil qilish, shakllantirish va muvofiqlashtirish bo'limi

Bo'lim boshlig'i: K.Astanakulov, Tel.: 233-69-23, E-mail: k.astanakulov@uzscience.uz

Vazifalari:

  • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning vazifalari va zamonaviy fan yutuqlarini hisobga olgan holda respublikada qishloq xo‘jaligi sohasida fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish tadbirlarini bajarish;
  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni bajarish bo‘yicha ilmiy-texnik xizmatlar ko‘rsatishda davlat topshiriqlarini shakllantirish;
  • qishloq xo‘jaligi fanlari yo‘nalishida amalga oshiriladigan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish, loyihalarning bajarilishini muvofiqlashtirish va ijrosini ta’minlash;
  • qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshirilgan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari natijalaridan foydalanishning tizimli monitoringini olib borish;
  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining yirik muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan muhim tarmoqlararo va fanlararo tasnifdagi ilmiy-texnik dasturlar ijrosini ta’minlash;
  • har yili o‘tkaziladigan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etadigan ishlanmalar to‘g‘risida tavsiyalar berish;
  • mamlakatda qishloq xo‘jaligi sohasida ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishini ta’minlashga, raqobatbardosh ilmiy-hajmdor mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ilg‘or ilmiy-tadqiqot va izlanish ishlarini olib borish uchun zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
  • qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan zamonaviy ilmiy va texnologik asbob-uskunalarda ishlashni o‘rganishlari uchun tadqiqotchi olimlarni, jumladan, yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda tashkil etiladigan qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish bo‘yicha takliflar berish;
  • qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk ob’ektlarini chet elda ro‘yhatdan o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi sohasida halqaro xamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma ilmiy loyihalar va innovatsion ishlanmalar bajarilishini tashkil etish;
  • har chorakda qishloq xo‘jaligi fanlari yo‘nalishida mavzular bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlanmalarining bajarilishi to‘g‘risida ma’lumotlarni qabul qilish va faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha axborot-tahliliy ma’lumotnomalar tayyorlash;
  • qishloq xo‘jaligi fanlari yo‘nalishidagi fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya loyihalari bo‘yicha ijrochi tashkilotlarning oraliq va yakuniy ilmiy-texnik hisobotlarini qabul qilish, ro‘yhatga olish va saqlash, shuningdek tahlil qilish va ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qilish;
  • ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha doimiy ish olib borish.

Funksiyalari:

  1. respublikada qishloq xo‘jaligi sohasida fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish borasida:
    1. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar bilan birgalikda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning vazifalari va zamonaviy fan yutuqlarini hisobga olgan holda respublikada qishloq xo‘jaligi sohasida fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi, ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
    2. respublikada qishloq xo‘jaligi sohasida fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash hamda ularni istiqbolli rivojlantirish strategiyasini aniqlash bo‘yicha ekspert kengashlari xulosalari va takliflarini rahbariyatga taqdim etadi va tasdiqlatadi;
  2. qishloq xo‘jaligi fanlari yo‘nalishida amalga oshiriladigan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va ularni amalga oshirish borasida:
    1. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari hamda iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining takliflari asosida Agentlikning qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha idoralaro ilmiy texnik kengashini va uning qishloq xo‘jaligi fani sohalari bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibini tuzadi, tasdiqlatadi, ularning ish faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
    2. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari tomonidan qishloq xo‘jaligi fanlari yo‘nalishida amalga oshiriladigan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantiradi, loyihalar tanlovini tashkil etadi, tanlovga taqdim qilingan loyihalarni rasmiylashtiradi, ilmiy-texnik ekspertizasi va ochiq muhokamasini tashkil qiladi;
    3. qishloq xo‘jaligi fanlari sohasida ilmiy-texnika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga mos keladigan va tanlov asosida davlat ilmiy-texnika dasturlariga kiritilgan ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, ta’lim muassasalari va respublikaning boshqa muassasalari bilan shartnomalar tuzadi;
  3. qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika dasturlari va loyihalarining bajarilishini muvofiqlashtirish va ijrosini ta’minlash borasida:
    1. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika dasturlari va loyihalari bajarilishining tizimli monitoringini olib boradi, ularning bajarilishini muvofiqlashtiradi va ijrosini ta’minlaydi;
    2. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika dasturlari va loyihalari monitoringi natijalarini tahlil qilish asosida samarasiz va dolzarbligini yo‘qotgan ilmiy-texnik loyihalarni davlat ilmiy-texnika dasturlaridan chiqarish hamda bo‘shab qolgan mablag‘larni eng natijali va dolzarb ilmiy-texnik loyihalarga qayta yo‘naltirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasiga taqdim etish uchun rahbariyatga kiritadi;
    3. qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika dasturlari va loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va mansabdor shaxslarining mas’uliyati va javobgarligini oshirish, ilmiy-texnik salohiyatni oqilona joylashtirish hamda undan samarali foydalanish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasiga kiritish uchun rahbariyatga taqdim etadi;
  4. qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshirilgan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari natijalaridan foydalanishning tizimli monitoringini olib borish borasida:
    1. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshirilgan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika dasturlari va loyihalari doirasida erishilgan natijalarni aniqlash bo‘yicha tizimli monitoring olib boradi;
    2. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika dasturlari va loyihalari doirasida erishilgan natijalarni tahlil qiladi, dolzarb muammolar yechimini ta’minlaydigan, muhim va samarali natijalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasiga taqdim etish uchun rahbariyatga kiritadi;
    3. mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshirilgan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari natijalaridan foydalanishning tizimli monitoringini olib boradi;
  5. qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining yirik muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan muhim tarmoqlararo va fanlararo tasnifdagi ilmiy-texnik dasturlar ijrosini ta’minlash borasida:
    1. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar tomonidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining yirik muammolarini hal etish uchun birgalikda bajarilayotgan muhim tarmoqlararo va fanlararo tasnifdagi ilmiy-texnik dasturlarni amalga oshirishda ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
    2. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida qishloq xo‘jaligi fanlari sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda ularning o‘zaro integratsiyasi va hamkorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
  6. qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni bajarishi bo‘yicha ilmiy-texnik xizmatlar ko‘rsatishda davlat topshiriqlarini shakllantirish borasida:
    1. davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy xokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarning takliflari asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarga Davlat buyurtmasi loyihasini shakllantiradi, ularni idoralararo ilmiy-texnik kengashda ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etadi;
    2. qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni bajarish yuzasidan ilmiy-texnik xizmatlar ko‘rsatishda davlat topshiriqlarini tasdiqlash bo‘yicha rahbariyatga asoslangan takliflar kiritadi;
  7. har yili o‘tkaziladigan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etadigan ishlanmalar to‘g‘risida tavsiyalar berish borasida:
    1. Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalariga ega vazirlik va idoralarning, alohida olim va ixtirochilarning qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida ishtirok etish uchun takliflarini ko‘rib chiqish, ularni tanlash va Innovatsion yarmarkada namoyish etilishida Agentlikning “Texnologiyalar transferini tashkil qilish va innovatsiya yarmarkalarini o‘tkazish” bo‘limiga amaliy yordam beradi;
  8. mamlakatda qishloq xo‘jaligi sohasida ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishini ta’minlashga, raqobatbardosh ilmiy-hajmdor mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ilg‘or ilmiy-tadqiqot va izlanish ishlarini olib borish uchun zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish borasida:
    1. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida doimiy ravishda monitoring o‘tkazib, mamlakatda qishloq xo‘jaligi sohasida ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishini ta’minlashga, raqobatbardosh ilmiy-hajmdor mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ilg‘or ilmiy-tadqiqot va izlanish ishlarini olib borish uchun zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha ehtiyojlarni aniqlaydi va ushbu ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va rahbariyatga taqdim etadi;
  9. qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan zamonaviy ilmiy va texnologik asbob-uskunalarda ishlashni o‘rganishlari uchun olimlarni, jumladan, yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda tashkil etiladigan qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish bo‘yicha takliflar berish borasida:
    1. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan zamonaviy ilmiy va texnologik asbob-uskunalarda ishlashni o‘rganishlari uchun tadqiqotchi olimlarni, jumladan, yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda tashkil etiladigan qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish bo‘yicha buyurtmalarini Agentlikning fan yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert guruhlarida ko‘rib chiqishni tashkil qiladi va ularning takliflarini umumlashtirib, rahbariyatga taqdim etadi;
  10. qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk ob’ektlarini chet elda ro‘yhatdan o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi sohasida halqaro xamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma ilmiy loyihalar va innovatsion ishlanmalar bajarilishini tashkil etish borasida:
    1. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan va intellektual mulk ob’ekti sifatida chet elda ro‘yhatdan o‘tkazish zarur bo‘lgan katta ahamiyatga ega yangi ishlanmalarni aniqlaydi va ularni chet elda ro‘yhatdan o‘tkazish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga taqdim etadi;
    2. qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk ob’ektlarini chet elda ro‘yhatdan o‘tkazish tadbirlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi;
    3. Agentlikning xorijiy hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirish bo‘limi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi sohasida halqaro xamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma ilmiy loyihalar va innovatsion ishlanmalar bajarilishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
    4. qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma ilmiy loyihalar va innovatsion ishlanmalar bajarilishini tashkil etishda ishtirok etadi;
  11. har chorakda qishloq xo‘jaligi fanlari yo‘nalishida mavzular bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlanmalarining bajarilishi to‘g‘risida hisobotlar va faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha axborot-tahliliy ma’lumotnomalar tayyorlash borasida:
    1. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalaridan har chorakda qishloq xo‘jaligi fanlari yo‘nalishida mavzular bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlanmalarining bajarilishi to‘g‘risida ma’lumotlarni so‘rab oladi;
    2. Olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi va faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha axborot-tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlaydi;
  12. qishloq xo‘jaligi fanlari yo‘nalishidagi fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya loyihalari bo‘yicha ijrochi tashkilotlarning oraliq-bosqich va yakuniy ilmiy-texnik hisobotlarini qabul qilish, ro‘yhatga olish va saqlash, shuningdek tahlil qilish va ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qilish borasida:
    1. ijrochi tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya loyihalarining oraliq-bosqich va yakuniy ilmiy-texnik hisobotlarini qabul qiladi;
    2. tavsiya etilgan ekspertlarni jalb qilgan holda ilmiy-texnik hisobotlarni ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlaydi;
    3. ekspertiza natijalarini ekspertlar guruhi va idoralararo ilmiy-texnikaviy kengashda muhokamadan o‘tkazib, ular bo‘yicha tegishli tavsiyalarni tayyorlaydi va rahbariyatga taqdim etadi;

Tabiiy fanlar bo'yicha dasturlar va loyihalarni tahlil qilish, shakllantirish va muvofiqlashtirish bo'limi

Bo'lim boshlig'i: N.Kattaev, Tel.: 232-24-53, E-mail: n.kattaev@uzscience.uz

Vazifalari:

  • Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda respublikada tabiiy fanlar sohasida fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
  • tasarrufida ilmiy-tadqiqot, ta’lim muassasalari va tajriba-konstruktorlik tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralarda tabiiy fanlar sohasida bajarilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish, moliyalashtirish, amalga oshirish va monitoring olib borish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
  • Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tekshirish institutlari va muassasalari, loyihalash-konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalarining tabiiy fanlar sohasidagi fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish, ularning natijalarini amaliyotga qo‘llash bo‘yicha samarali monitoring yo‘lga qo‘yish.

Funksiyalari:

  1. Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda respublikada tabiiy fanlar sohasida fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish sohasida:
    1. tabiiy fanlarning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini muntazam ravishda o‘rganib borish va tegishli tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;
    2. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar bilan birgalikda jahon fani va texnikasi nuqtai nazaridan respublika ilmiy-texnik salohiyatining rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash va holatini tizimli tahlil qilish, monitoring o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda ishtirok etish;
    3. fan va texnologiyalarning respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini hal qilishga yo‘naltirilgan ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishda ishtirok etish.
  2. tasarrufida ilmiy-tadqiqot, ta’lim muassasalari va tajriba-konstruktorlik tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralarda tabiiy fanlar sohasida bajarilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish, moliyalashtirish, amalga oshirish va monitoring olib borish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish sohasida:
    1. respublikada innovatsiyalar va innovatsion faoliyat hamda fan va texnologiyalar bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni doimiy o‘rganib borish;
    2. bo‘lim faoliyatiga ta’lluqli normativ–huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
    3. o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflar tayyorlash;
    4. ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga davlat buyurtmalari bajarilishini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish borasida takliflar berish.
  3. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning ilmiy-tekshirish institutlari va muassasalari, loyihalash-konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalarining tabiiy fanlar sohasidagi innovatsion, fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish, ularning natijalarini amaliyotga qo‘llash bo‘yicha samarali monitoring yo‘lga qo‘yish sohasida:
    1. fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish hamda davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish;
    2. fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar bo‘yicha ijrochi tashkilotlarning oraliq va yakuniy ilmiy-texnik hisobotlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish va saqlash, shuningdek tahlil qilish va ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qilish;
    3. fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy-texnika dasturlari va loyihalari, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalaridan ta’lim, ishlab chiqarish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalanish bo‘yicha samarali monitoring tashkil etish;
    4. Agentlikning ekspert guruhlari bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, oliy ta’lim muassasalarda va texnologik tashkilotlarda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining davlat buyurtmalariga muvofiq bajarilishini, byudjet mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishini baholash maqsadida monitoring olib borish;
    5. Agentlik rahbariyatiga eng yaxshi ilmiy-texnika va tajriba-konstruktorlik ishlari tanlovlarini tashkil etish, tugallangan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha seminar, konferensiya va yarmarkalar o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritish.
  4. Bo‘lim va uning xodimlariga Bosh direktorning buyrug‘i bilan boshqa vazifalar yuklatilishi mumkin.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'yicha dasturlar va loyihalarni tahlil qilish, shakllantirish va muvofiqlashtirish bo'limi

Bo'lim boshlig'i: O.Abduazimov, Tel.: 236-73-75, E-mail: o.abduazimov@uzscience.uz

Vazifalari:

  • Bo‘limning asosiy vazifalari bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa tegishli vazirliklarning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Ijtimoiy-gumanitar sohada fan va texnologiyalarni rivojlantirishni, davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirishni ta’minlash hisoblanadi.

Funksiyalari:

  1. Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi, viloyatlar hokimliklari, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning takliflari asosida ijtimoiy-gumanitar sohada fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi va Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
  2. Davlat komissiyasi tasdiqlagan ijtimoiy-gumanitar soha bo‘yicha Fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarining amaliyotini ta’minlaydi, yuqori boshqaruv organlarining davlat ilmiy-texnika siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlarining bajarilishini ta’minlaydi;
  3. Davlat komissiyasi tasdiqlagan ijtimoiy-gumanitar sohasi bo‘yicha fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini amaliyotini ta’minlaydigan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini mavzulari va vazifalarini aniqlaydi;
  4. mavzulari va vazifalari Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ilmiy texnika dasturlarini shakllantirish uchun ilmiy-texnik loyihalar tanlovini tashkil etadi, tanlovga taqdim qilingan loyihalarni rasmiylashtiradi, ilmiy-texnik ekspertizasini tashkil qiladi;
  5. Agentlikning ijtimoiy-gumanitar sohasi bo‘yicha idoralararo ilmiy-texnik kengashini va uning ijtimoiy-gumanitar fani sohalari bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibini tuzadi, tasdiqlatadi, ularning ish faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
  6. Agentlikning ijtimoiy-gumanitar sohasi bo‘yicha idoralararo ilmiy-texnik kengashi va uning ijtimoiy-gumanitar fani sohalari bo‘yicha ekspert guruhlarining:
    • ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish uchun ijrochi tashkilotlardan taqdim etilgan ilmiy-texnik loyihalar ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha ish faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
    • ilmiy-texnika dasturlariga kiritilgan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya loyihalarining monitoringini o‘tkazilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
    • ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini mahalliylashtirish dasturlariga, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar sohasida fan, ta’lim va ishlab chiqarish tizimiga joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini muvofiqlashtiradi;
    • mamlakat hududlarida ijtimoiy-gumanitar sohani rivojlantirish, soha fani bo‘yicha ilmiy-texnika dasturlari doirasida olib boriladigan tadqiqotlarni boshqa turdagi fan sohalari bilan birgalikda olib boriladigan vazirliklararo yirik loyihalar doirasida bajarilishi yuzasidan taklif va tavsiyalarini muvofiqlashtiradi;
    • ijtimoiy-gumanitar sohada faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda ilg‘or, zamonaviy jihozlangan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif va tavsiyalarni muvofiqlashtiradi, ularning amaliyotini ta’minlash bo‘yicha Davlat komissiyasiga tahliliy ma’lumotlar kiritadi;
  7. bo‘lim vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning o‘zaro aloqasini amalga oshiradi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Belgilangan tartibda ulardan Agentlik va bo‘limga yuklatilgan vazifalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab oladi.

Ilmiy-texnik ma'lumotlarning davlat resurslarini shakllantirish bo'limi

Bo'lim boshlig'i: S.Bobojonov, Tel.: 233-47-12, E-mail: s.bobojonov@uzscience.uz

Vazifalari:

  • Bo‘limning asosiy vazifasi - fan, ta’lim va ishlab chiqarish tizimida ilmiy-texnik axborot almashinuvini tashkil etish va rivojlantirish hamda Respublika ilmiy-texnik salohiyati to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar asosida ilm-fan natijalarini ijtimoiy-iqtisodiy sohaga tadbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Funksiyalari:

  • respublikada fan, ta’lim va ishlab chiqarish tizimida ilmiy-texnik axborot almashinuvini tashkil etish, yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotini ta’minlash;
  • texnika, qishloq xo‘jalik, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha dasturlar va loyihalarni tahlil qilish, shakllantirish va muvofiqlashtirish bo‘limlari tomonidan shakllantirilgan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajariladigan fundamental, amaliy tadqiqotlar (jumladan, fundamental va amaliy yosh olimlar tadqiqotlari) va innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari ro‘yxatini umumlashtirish;
  • bajarilgan loyihalarning natijalarini umumlashtirib, har chorakda va yil yakunida yillik tahliliy ma’lumotlarni elektron va kitob ko‘rinishdagi bazalarni yaratish va yangilab borish;
  • ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarni zamonaviy va dolzarb axborotlar bilan ta’minlash maqsadida dunyodagi yetakchi ilmiy-texnika axborot manbalari (ilmiy jurnallar, tahliliy ma’lumotlar bazalari va boshq.) resurslaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy xodimlar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilar uchun amaliy tadbirlar (seminarlar, konferensiyalar va davra suhbatlari)ni tashkil etish;
  • olingan ilmiy-texnik natijalarni dunyoning yetakchi ma’lumotlar bazalarida aks ettirishda ilmiy xodimlar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilarga ko‘maklashish, mualliflarning nashr ettirish faolligini tahlil qilish va monitoringini olib borish;
  • Texnologiyalar transferini tashkil qilish va innovatsiya yarmarkalarini o‘tkazish bo‘limi bilan hamkorlikda tadqiqotlar natijasida yaratilgan ilmiy hajmdor mahsulot va texnologiyalarni har yili o‘tkaziladigan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida namoyish etilishini ta’minlash;
  • Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralarning takliflari asosida Respublikada har yili o‘tkaziladigan mahalliy va xalqaro ilmiy-texnik anjumanlar, forumlar, seminarlar va boshqa tadbirlar rejasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Davlat komissiyasiga kiritish. Tasdiqlangan rejaga muvofiq, o‘tkazilgan tadbirlar to‘g‘risida Davlat komissiyasiga tahliliy ma’lumotlar kiritish, hamda tavsiyalar va natijalarni tahlil qilish, ularning ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va yangilab borish;
  • loyihalar hisobotlari tahlili asosida Davlat ilmiy-texnika natijalarini xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
  • ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi loyihalar natijalari asosida yaratilayotgan texnologiyalar, texnik yechimlarni har haftada ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, televideniya, radio va onlayn nashrlar)da yoritishni tashkil etish;
  • respublika ilmiy-texnik salohiyati to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlarni fan tarmoqlari, gender, yosh, fan va texnologiyalarning ustuvor yo‘nalishlari kesimida elektron va kitob ko‘rinishida shakllantirish hamda yangilab borish;
  • shakllantirilgan ilmiy-texnik salohiyat asosida yuqori malakali olimlar va mutaxassislardan ekspertlar, ilmiy salohiyatli kadrlar bazalarini shakllantirish va yangilab borish;
  • oliy o‘quv yurtlari, ilmiy muassasalar va hududiy markazlar hamda milliy va xorijiy OAVlar bilan hamkorlikda bosma materiallarni tayyorlash va chop etish, fan va texnika bilan bog‘liq bo‘lgan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tayyorlashda ishtirok etish va namoyishini ta’minlash;
  • agentlik faoliyatiga doir matbuot anjumanlari, brifinglarni tashkil etish;
  • agentlikning uzscience.uz veb-saytini ilmiy-texnika axborotlari bilan muntazam ta’minlash va yangilab borish;

Moliya-iqtisod bo'limi

Bo'lim boshlig'i: A.Farmonov, Tel.: 236-78-04, E-mail: a.farmonov@uzscience.uz

Vazifalari:

  • har yili 31 dekabrgacha kelgusi yilga bo‘limning daromadlari prognoz parametrlarini va xarajatlarning yo‘nalishini ishlab chiqish, bunda quyidagilarni hisobga olish:
    1. Bo‘limga jalb etiladigan homiylar va xalqaro tashkilotlarning mablag‘lari, hukumatlararo grantlar, kreditlar va moliyalashtirishning boshqa byudjetdan tashqari manbalarining prognoz hajmlarini;
    2. amaldagi fundamental tanlovli va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsiya loyihalarining amalga oshirilish darajasini;
    3. yangidan amalga oshiriladigan tanlovli ilmiy-tadqiqot va innovatsiya loyihalariga xarajatlar hajmini.
  • Agentlikda ish haqi va mehnatni tashkil etish bo‘yicha rejali-iqtisodiy va moliyaviy ishlarni amalga oshirish;
  • fan sohasini byudjetdan moliyalashtirish hajmlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq zarur tahliliy va ma’lumot materiallarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligiga taqdim etish.

Funksiyalari:

  1. tasdiqlangan dasturlar doirasida ilmiy tadqiqotlarni bajarishga “Fan” sohasi bo‘yicha ehtiyojni aniqlash va byudjet mablag‘larini taqsimlash loyihalarini tayyorlash va bu mablag‘lardan oqilona foydalanilishini nazorat qilish;
  2. Agentlikni moliyalashtirishning yillik, yil choragi bo‘yicha rejalarini shakllantirish;
  3. Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini, ish haqi, mehnatni tashkil etishning shakllari va usullarini takomillashtirish;
  4. Agentlikni saqlash xarajatlari smetasi, uning tuzilishi, shtatlar jadvalini ishlab chiqish;
  5. vazirlik, idoralar, ilmiy bo‘linmalarning moliyaviy-iqtisodiy va bo‘lim vakolatiga tegishli boshqa masalalar bo‘yicha iltimos, ariza va takliflarini ko‘rib chiqish;
  6. mehnatga haq to‘lash, moliyalashtirishni prognozlash, statistik hisobotlarni tuzish masalalari bo‘yicha ilmiy bo‘linmalarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish;
  7. Agentlik rahbariyati ko‘rib chiqishi uchun Ijro apparati xodimlarini mukofotlash, oylik maoshlariga ustamalar belgilash va boshqa rag‘batlantirishlar to‘g‘risida takliflar tayyorlash.