“Science Leader” Web of Science award – 2017


Xalqaro ilm-fan kuniga bag‘ishlab ilk bor “Science Leader” Web of Science award – 2017 nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblarni tantanali taqdirlash bo‘lib o‘tdi




Joriy yilning 27 noyabr kuni Toshkent shahridagi “International hotel Tashkent” mehmonxonasining katta anjumanlar zalida UNESCO tomonidan e’tirof etilgan 10 noyabr - “Xalqaro fan kuni” munosabati bilan O‘zbekiston fanini rivojlanishiga, uning dunyo miqyosida obro‘sini ortishiga munosib hissa qo‘shayotgan faol olimlarni rag‘batlantirish maqsadida taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasi (AQSh) bilan birgalikda tashkil qilindi. Nominatsiya g‘oliblari Respublikadagi oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda faoliyat yuritayotgan olimlar hisoblanib, ularning ilmiy ishlari samaradorligi xalqaro “Web of Science” ilmiy-tahliliy elektron ma’lumotlar bazasiga kirgan impakt-faktorli ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalar va ularga keltirilgan havolalar asosida baholandi.

Tadbirda Hukumat vakillari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalari rahbarlari, ilmiy xodimlar, o‘qituvchi-professorlar, yosh olimlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi (jami 300 nafardan ziyod).

O‘zbekiston fanini rivojlanishiga, uning dunyo miqyosida obro‘sini ortishiga munosib hissa qo‘shayotgan olimlardan:

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kafedra mudiri, texnika fanlari doktori Tulyaganov Dilshat Ubaydullayevich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining I darajali Faxriy yorlig‘i va 30,0 mln. so‘m pul mukofoti, shuningdek, Fan va texnologiyalar agentligi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasining Faxriy yorlig‘i, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi;

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti bo‘lim mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Ahmedov Bobomurat Jurayevich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining II darajali Faxriy yorlig‘i va 20,0 mln. so‘m pul mukofoti, shuningdek, Fan va texnologiyalar agentligi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasining Faxriy yorlig‘i, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi;

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Omirov Baxrom Abdazovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining II darajali Faxriy yorlig‘i va 20,0 mln. so‘m pul mukofoti, shuningdek, Fan va texnologiyalar agentligi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasining Faxriy yorlig‘i, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi;

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalar kimyosi instituti laboratoriya mudiri, kimyo fanlari doktori, professor Tashxodjayev Baxodir - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining III darajali Faxriy yorlig‘i va 10,0 mln. so‘m pul mukofoti, shuningdek, Fan va texnologiyalar agentligi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasining Faxriy yorlig‘i, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi;

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti doktoranti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Olimov Xusniddin Qosimovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining III darajali Faxriy yorlig‘i va 10,0 mln. so‘m pul mukofoti, shuningdek, Fan va texnologiyalar agentligi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasining Faxriy yorlig‘i, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi;

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti katta o‘qituvchisi Salaxodjayev Raufxon Farxodxonovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining III darajali Faxriy yorlig‘i va 10,0 mln. so‘m pul mukofoti, shuningdek, Fan va texnologiyalar agentligi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasining Faxriy yorlig‘i, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari tashkilotchilar tomonidan quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar mukofotlandi:

“Eng yaxshi ayol tadqiqotchi” nominatsiyasi g‘olibi - Respublika Terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazi direktor o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Kamilova Umida Kabirovna Fan va texnologiyalar agentligi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasining Faxriy yorlig‘i, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi;

“Eng yaxshi yosh olim” nominatsiyasi g‘olibi - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori Abdujabbarov Axmadjon Adiljanovich Fan va texnologiyalar agentligi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasining Faxriy yorlig‘i, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari, shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “Yosh oilalarga mo‘ljallangan” imtiyozli ipoteka uyi sovg‘a qilindi;

“Eng yaxshi ilmiy muassasa” nominatsiyasi g‘olibi - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori, akademik Yuldashev Bekzod Sodiqovich Fan va texnologiyalar agentligi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasining Faxriy yorlig‘i, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi;

“Eng yaxshi oliy o‘quv yurti” nominatsiyasi g‘olibi - O‘zbekiston milliy universiteti rektori Maraximov Avaz Raximovich Fan va texnologiyalar agentligi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasining Faxriy yorlig‘i, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi;

“Eng yaxshi ilmiy jurnal” nominatsiyasi g‘olibi - “Ximiya prirodnix soyedineniy” jurnali bosh muxarriri Sagdullayev Shomansur Shoxsaidovich Fan va texnologiyalar agentligi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasining Faxriy yorlig‘i, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi;

“Eng yaxshi ilmiy jurnal” nominatsiyasi g‘olibi - “Geliotexnika” jurnali mas’ul kotib, texnika fanlari nomzodi Avezova Nilufar Rabbonkulovna Fan va texnologiyalar agentligi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasining Faxriy yorlig‘i, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi;

“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi eng faol tadqiqotchi” nominatsiyasi g‘olibi - “O‘zbek-Yapon” yoshlar innovatsion markazi direktor o‘rinbosari Kadirova Zuxra Chingizovna Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Faxriy yorlig‘i, Fan va texnologiyalar agentligi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasining qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi;

“Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi eng faol tadqiqotchi” nominatsiyasi g‘olibi - Immunologiya instituti bo‘lim mudirasi Xegay Tatyana Rudolfovna Sog‘liqni saqlash vazirligi Faxriy yorlig‘i, Fan va texnologiyalar agentligi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasining qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Barcha nominatsiyalar g‘oliblariga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Nominatsiya g‘oliblariga O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligni Bosh direktori M.R.Boltabayev, Agentlik Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari O.R.Parpiyev, Agentlik Bosh direktori o‘rinbosari O.A.To‘ychiyev, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi N.M.Umarov, “Clarivate Analytics” kompaniyasining MDH davlatlari bo‘yicha ijrochi direktori O.Utkin, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yuldashev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Sh.Begimqulov, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G.M.Ma’rufovalar tomonidan faxriy yorliq, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Mamlakatimizda ilk marotaba tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbir olimlar bayramiga aylandi. Unda el sevgan san’atkorlar O‘zbekiston Xalq artistlari Yo.Sa’diyev, G‘.Yoqubov, Z.Boyxonova va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘.Boytoyevlar tomonidan musiqali chiqishlar, Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalarining milliy liboslar namoyishi hamda boshqa ko‘ngilochar dasturlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

s
s
s
s