O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari tayinlandi

To‘ychiyev Olimjon Alijonovich O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq To‘ychiyev Olimjon Alijonovich O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

To‘ychiyev Olimjon Alijonovich endilikda Agentlikdagi Texnologiyalar trensferini tashkil qilish va innovatsiya yarmarkalarini o‘tkazish, Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Shu paytgacha O.To‘ychiyev Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti magistratura bosqichida tahsil olib kelayotgan edi.