Ishonch raqami
Ishonch raqami:
(99871) 233 28 37

Mas'ul:
Tuxtaev.I.V

Ish kunlari:
dushanba-juma

Ish vaqti:
09:00 dan 18:00 gacha

O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnlogiyalar Agentligining «Ishonch telefoni» orqali tushgan murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ijro etish to‘g‘risida
REGLAMENT

  1. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnlogiyalar Agentligining «Ishonch telefoni» orqali tushgan murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ijro etish to‘g‘risidagi Reglament O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxlarlarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan kafolatlangan huquqlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish, shuningdek, oliy malakali ilmiy va ilmiy–pedagog kadrlar davlat attestatsiyasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilmaslik holatlari oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.
  2. Ushbu Reglament Agentlikning «Ishonch telefoni» orqali tushgan murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ijro etish tartibini belgilaydi.
  3. Qo‘mitaga «Ishonch telefoni» orqali tushgan murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarlarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni talablari asosida ko‘rib chiqiladi.
  4. Jismoniy shaxslarning murojaatlarini qabul qilishda ularning familiyasi ismi sharifi (pasport ma’lumotlari), yashash joyi va telefon raqamlari ko‘rsatilgan holda ariza-shikoyatining mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.
  5. Agarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va telefon raqamlari ko‘rsatilmagan yoki sohta ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday murojaat anonim deb topiladi va ko‘rib chiqilmaydi.
  6. Agentlikda murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti, yuridik shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat sirini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar va, agar bu jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini kamsitadigan bo‘lsa, boshqa axborot davlat organlari xodimlari tomonidan oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
  7. Agentlikning «Ishonch telefoni» orqali tushadigan murojaatlar mas’ul xodim tomonidan murojaatning mazmuni keng bayon qilingan holda yozib olinadi va murojaat qiluvchi shaxsga ko‘rilgan choralar natijasi haqida rasmiy javob yuborish uchun uning F.I.Sh., manzili va telefon raqami haqida ma’lumotlar olinadi. Ushbu ma’lumotlar Agentlikning qabulxonasida belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, rahbariyatga kiritiladi.
  8. Murojaatlar qabul qilingan kundan boshlab 15 kuni chida, qo‘shimcha o‘rganish yoki tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari Agentlik Bosh direktori tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
  9. Murojaat mazmuniga qarab tegishli bo‘lim yoki mas’ul xodim tomonidan o‘rganib chiqiladi va javob xati Agentlik Bosh direktori imzosi bilan muallifga yuboriladi.
Yagona telefon raqami
Ishonch raqami:
(99871) 232 20 67

Mas'ul:
M.Baxodirova

Ish kunlari:
dushanba-juma

Ish vaqti:
09:00 dan 18:00 gacha

O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnlogiyalar Agentligining “Yagona telefon” ga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va ijro etish to‘g‘risida
NIZOM

  1. Xizmatning ta’rifi (passport)
  2. 1.1. Xizmat nomi

    O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar Agentligining (keyingi o‘rinlarda – “Agentlik” deb yuritiladi) “Yagona telefon” ga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va ijro etish.

    1.2. Xizmat natijalari

    Agentlikning “Yagona telefon” orqali jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan shikoyat, ariza va takliflarini qabul qilish, rasmiylashtirish va ijro etish.

    1.3. Xizmat ko’rsatuvchi tashkilot va blanklarni olish joyi

    O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar Agentligi. Murojaatlar (ariza, taklif va shikoyat) alohida shaklga ega emas.

    1.4. Huquqiy asoslar

    O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2014 y., 49-son, 578-modda) Qonuni.

    1.5. Xizmatdan foydalanuvchilar

    Jismoniy va yuridik shaxslar Agentlikka murojaat qilish huquqiga ega.

    Murojaat qilish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni himoya qilishga yohud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.

    Murojaat qilish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.

    Xorijiy davlatlarning jismoniy shaxslari va yuridik shaxslari vakillari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Sirdaryo viloyati hokimligiga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014 y., 49-son, 578-modda) Qonuniga muvofiq murojaat etish huquqiga ega.

    1.6. So’rov berish muddati

    Shanba va yakshanba kunlaridan tashqari xar kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha. Tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha.

    1.7. Murojaatlarni ko’rib chiqish muddati

    Murojaatlar qabul qilingan kundan boshlab o’n besh kuni chida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

    Murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari Agentlik Bosh direktori tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

    1.8. Murojaatlarni ko’rmay qoldirish

    Quyidagi murojaatlar ko’rib chiqilmaydi:

    • anonim murojaatlar;
    • jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda;
    • qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar.

    1.9. Tasdiq berish muddati

    Murojaatlarni berish muddatlari qoida tariqasida belgilanmaydi.

  3. Xizmatdan foydalanuvchilarni xabardor qilish
  4. 2.1. Axborot tarkibi va hajmi

    Taqdim etilgan ma’lumotlar hamda murojaatlar tarkibi va hajmini etiborga olgan holda ko’rib chiqib belgilanadi.

    2.2. Keng miqyosda xabardor qilish

    Agentlikning www.uzscience.uz rasmiy sahifasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini yagona telefon orqali qabul qilish va ko’rib chiqish xisoblagichi bo’limida e’lon qilinadi.

    2.3. So’rov bo’yicha xabardor qilish

    Xizmat yagona telefon orqali soat 9:00 dan 18:00 (tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha) xizmatdan foydalanish bo’yicha har qanday katta hajmdagi aniq axborot berilishini talab qilmaydigan savol yuzasidan og’zaki maslahat (5 daqiqadan ortiq emas) olish.

    2.4. Xizmat ko’rsatish joyi haqida xabardor qilish

    100047, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Akademik Yahyo G’ulomov ko’chasi, 70 uy.

    2.5. Foydalaniladigan hujjat blanklari (shakllar)

    Jismoniy va yuridik shaxslardan yagona telefon orqali shikoyat, ariza va takliflarini qabul qilinadi (ariza, taklif va shikoyat uchun alohida shakl mavjud emas).

  5. Xizmat ko’rsatish
  6. 3.1. Ish vaqti

    Shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha. Tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha

    3.2. Kutish shartlari

    Ushbu nizomning 1.7. bandida keltirilgan muddatlar talab etiladi.

  7. Xizmat ko’rsatish tartibi
  8. 4.1. Murojaatlarga qo’yiladigan talablar

    Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning telefon raqami, familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to’g’risidagi mahlumotlar ko’rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo’lishi kerak.

    Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to’liq nomi, telefon raqami, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to’g’risidagi mahlumotlar ko’rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo’lishi kerak

    (Eslatma: Jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to’liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilmagan yoxud ular haqida yolg’on ma’lumotlar ko’rsatilgan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi).

    4.2. Xizmat haqi

    Xizmat bepul amalga oshiriladi.

    4.3. Davlat xizmatini ko’rsatish bosqichlari va ichki idoraviy jarayonlar

    Murojaatlar bo’yicha (+99871) 232 28 14 Agentlikning yagona telefon raqamiga qo’ng’iroq qilish lozim:

    • yagona telefoni orqali javob beruvchi mas’ul xodim tomonidan ariza, taklif va shikoyatlar ro’yxatga olinadi;
    • to’plangan murojaatlar shu kuni Agentlikning mas’ul rahbariga tanishish uchun kiritiladi;
    • Agentlikda ijro uchun boshqaruv mas’ul xodimlariga O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida"gi Qonuni asosida o’rganib chiqib tegishli chora ko’rish uchun taqsimlanadi;
    • ariza, taklif va shikoyatlar o’rganilib tegishli choralar qo’llanilgandan so’ng murojaat etuvchining xohishiga ko’ra yashash manziliga yozma shaklda yoki elektron pochta manzili orqali javob yetkaziladi.

    4.5. Rad etish asoslari

    • Ushbu nizomning 4.1. bandida keltirilgan bandlar to’liq keltirilmagan holda;
    • yagona telefoni orqali javob beruvchi mas’ul hodimga va boshqa shaxslarga nisbatan xaqoratli, tuxmat, beadab so’zlar bilan murojaat etsa.
    • bir xil mazmundagi noaniq murojaat qayta qayta kelganda;
    • murojaat o’rganib unga qaror chiqarilgan bo’lsa.
  9. Sifat ta’minoti
  10. 5.1. Sifat parametrlari

    Xizmat ko’rsatish sifati ko’rsatiladigan xizmatlar uchun o’rnatilgan tartibga to’liq javob beradi.

    5.2. Xizmat sifati ustidan shikoyat qilish tartibi

    Agentlikning ma’sul xodimlari tomonidan sifatsiz ko’rsatilgan xizmat yoki xizmat ko’rsatish jarayonida yo’l qo’yilgan kamchiliklar bo’yicha Agentlikning www.uzscience.uz rasmiy sahifasidagi qayta aloqa shakli orqali shikoyat qilish mumkin.