Statistika

O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha III chorak holatiga
MA’LUMOTNOMA

Ustuvor yo‘nalishlar.

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirish vazifalarini hamda zamonaviy ilm-fan yutuqlarini inobatga olgan holda amaldagi 8 ta fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari o‘zgartirilib, 7 ta Davlat ilmiy-texnika dasturlarining asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan va har bir yo‘nalishlar bo‘yicha Idoralararo kengashlar va ekspert guruhlari tasdiqlangan.

Ekspertlar tarkibiga mamlakatimizning turli sohalaridan jami 294 nafar yetuk olimlar kiritilgan. Ulardan 16 nafari akademiklar, 209 nafari fan doktorlari va 69 nafari fan nomzodlari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning respublika hududlariga tashriflari chog‘ida bergan topshiriqlari ijrosi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlariga tashrifi yuzasidan imzolangan majlis bayonlari topshiriqlarini bajarish maqsadida Sirdaryo viloyati sharoitida anorchilikni rivojlantirish, shuningdek, sho‘r tuproq sharoitlariga chidamli o‘simliklarni yetishtirish mavzulari bo‘yicha hamda Farg‘ona viloyatida tabiiy tolalar va ipakchilik sohasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovlari e’lon qilingan.

Guliston davlat universiteti hamda Farg‘ona viloyati oliy ta’lim muassasalarida tegishli kafedralar ilmiy salohiyatini ko‘tarish maqsadida Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga maqsadli kvotalar ajratish ishlari olib borilmoqda.

Davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish bo‘yicha:

Davlat ilmiy-texnika dasturlarida jami 4622 nafar olim va mutaxassislar, jumladan, 47 nafar akademiklar, 649 nafar fan doktorlari, 1465 nafar fan nomzodlari yoki PhD, 2468 nafar ilmiy darajasi yo‘q xodimlar faoliyat yuritmoqda. (14-jadval).

Bugungi kunda davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 188,1 mlrd so‘mlik 1750 ta loyihalar bajarilmoqda. Shundan, 67,7 mlrd so‘mlik 380 ta fundamental, 112,9 mlrd so‘mlik 821 ta amaliy, 31,6 mlrd so‘mlik 371 ta innovatsiya hamda 5,9 mlrd so‘mlik 177 ta yosh olimlar loyihalaridir (15-jadval).

2017 yilning yarmi bo‘yicha ilmiy tadqiqot muassasalarida 103 ta patent va dasturiy mahsulotlarga guvohnoma olingan, 1623 ta ilmiy maqola (shundan, 462 tasi xorijda), 83 ta monografiya (shundan, 7 tasi xorijda), ilmiy anjumanlar to‘plamlarida 1948 ta tezislar (shundan, 669 tasi xorijda) chop etilgan. Undan tashqari, 284 ta ishlanma amaliyotga joriy etilgan (16-jadval).

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida tarmoq ilmiy tashkilotlari va Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari tasarrufidagi ilmiy va oliy ta’lim muassasalari hamkorlikda 35 ta fundamental, 39 ta amaliy yirik vazirliklararo loyihalar bajarib kelinmoqda.

Joriy yilda avvalgi yillardan farqli ravishda davlat ilmiy-texnika loyihalarini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy davlat tashriflari va mamlakatimiz hududlaridagi ahvolni o‘rganish chog‘ida bildirgan fikr-mulohazalari hamda turli soha vakillari bilan uchrashuvlarda bergan ko‘rsatma va topshiriqlarini real hayotda amalga oshirish bo‘yicha vazirlik va idoralar oldida turgan muammolari, ishlab chiqarish korxonalarining talab va ehtiyojlari ro‘yxatlari shakllantirilib, umumlashtirilgan. Jumladan, 71 ta tashkilotdan olingan 300 dan ortiq ehtiyoj asosida iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlarining ilmiy-texnik muammolari ro‘yxati shakllantirilib, amaliy va innovatsion davlat ilmiy-texnika dasturlari loyihalari qabuli e’lon qilingan.

Davlat ilmiy-texnika dasturlari ijrosining borishi bo‘yicha:

Shuningdek, davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarning samarali va maqsadli sarflanishini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan foydalanishning tizimli monitoringini olib borish maqsadida tasdiqlangan reja asosida joriy yilning iyun oyida 30 ta tashkilotda bajarilayotgan davlat ilmiy-texnika dasturlari joyida o‘rganilgan.

Agentlik rahbariyatining hududlarga sayyor qabullari.

Yangi tashkil etilgan Agentlik faoliyatini keng ommaga yaqindan tanishtirish maqsadida “2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da Agentlik rahbariyatining hududlarga sayyor qabullari tashkil etilgan. Xususan, 4 avgust Samarqand, 8 avgust Navoiy, 9 avgust Buxoro viloyatlarida, 10 avgust Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 11 avgust Xorazm, 15 avgust Namangan, 16 avgust Andijon va Farg‘ona viloyatlarida sayyor qabullar tashkil etilib, uning doirasida Agentlik faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha seminarlar, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan.

Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi doirasida imzolangan shartnomalar bo‘yicha:

Har yili o‘tkaziladigan Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasini tashkil etish hamda uning doirasida imzolangan shartnomalarning bajarilishi bo‘yicha tizimli monitoring olib borilmoqda. Xususan, I – X yarmarkalar doirasida 4776 ta ishlanmalar namoyish etilgan (17-jadval). 176 mlrd 924 mln. so‘mlik 4498 ta shartnomalar tuzilgan. Shundan 117,6 mlrd so‘mlik 2828 ta shartnoma ijro etilgan. Shulardan 2,2 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqilgan (18-jadval).

I-X Respublika innovatsiya yarmarkalari doirasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishi natijasida 62 ta mahsulot seriyali ishlab chiqarilishi tashkil etilgan bo‘lib, 2,2 trln. so‘mlik iste’molchilarga yetkazib berilgan (19-jadval).

14-jadval 15-jadval 16-jadval 17-jadval 18-jadval

   40.8 KB

   22.9 KB

   83.2 KB

   47.0 KB

   82.0 KB

2017 yilda davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalari to‘g‘risida MA’LUMOT

Fan yo‘nalishlari Jami loyihalar soni Shu jumladan:
Fundamental loyihalar Amaliy loyihalar Innovatsiya ishlari Yosh olimlar loyihalari
1 Texnika fanlari 482 84 249 95 54
2 Qishloq xo‘jalik fanlari 283 27 150 81 25
3 Tabiiy fanlar 683 185 257 177 64
4 Ijtimoiy-gumanitar fanlar 302 66 185 17 34
Jami 1750 362 841 370 177


O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda o‘tkazilgan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar bo‘yicha ma’lumot

Davlat ilmiy-texnika dasturlarining asosiy ustuvor yo‘nalishlari Xalqaro Respublika Jami
1 Davlat va jamiyat qurilishi 21 58 79
2 Energetika, energiya- va resurstejamkorlik 8 12 20
3 Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 2 7 9
4 Qishloq xo‘jaligi 4 14 18
5 Kimyo texnologiyalari va nanotexnologiyalar 2 6 8
6 Tibbiyot va farmakologiya 3 21 24
7 Geologiya-mineralogiya, seysmologiya va seysmik barqarorlik 2 6 8
Jami 42/td> 124 166